JIDU rahbariyati TTJda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tqazdi

    Joriy yilning 9-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Yusupdjanov talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuv davomida:

      Talabalarning yashash sharoitlari;

      Dars jarayonlaridagi ishtiroki;

      Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazis;,

      Xavfsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish;

      Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;

      Yoshlarga oid davlat siyosatining bugungi kundagi dolzarb yo‘nalishlari kabi masalalar muhokama qilindi.

    O.Yusupdjanov o‘z so‘zida talabalarning faolligi, bilimga chanqoqligi va tashabbuskorligini alohida ta’kidlab, universitet rahbariyati har doim yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.

    Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bevosita javoblar olishdi.

    Talabalarning har bir murojaati e’tibor bilan tinglandi va takliflar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar hamda amaliy tavsiyalar berildi. Uchrashuv ochiq, samimiy va faol muloqot ruhida o‘tdi.