
Birinchi kurs talabalari bilan “Tanishtiruv haftaligi doirasida” uchrashuvlar davom etmoqda
Birinchi kurs talabalari bilan “Tanishtiruv haftaligi doirasida” uchrashuvlar davom etmoqda

2025-yil 9-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Talabalar kengashi, Talabalar ilmiy jamiyati, Xalqaro akademik hamkorlik ofisi, universitet psixologi, kurs tyutorlari va 1-kurs talabalari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda bo‘limlarning faoliyati, maqsadi, tuzilishi, yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish, universitet hayotida faol bo‘lish, do‘stona muhitda o‘zini erkin his etish, yangi muhitga moslashish jarayonini yaxshilash, ilmiy faoliyatga qiziquvchi yoshlarni aniqlash, tezis va maqolalar yozishda ularni ko'nikmasini oshirish, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda ishtirokini ta'minlash, psixologik xizmat ko‘rsatish, shaxsiy rivojlanishini tahlil qilish hamda hayotiy maqsadlarini belgilash bo‘yicha tavsiyalar va ma‘lumotlar berildi.
Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, JIDUdagi talabalik yo‘lini yorqin tarzda boshlab berdi.
Sana: | 09.09.2025 |
Ko'rganlar soni: | 550 |
Ulashish: |