
1-kurs talabalari bilan “Rahbar va talabalar” tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
1-kurs talabalari bilan “Rahbar va talabalar” tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan rahbariyat o‘rtasida ilk tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv davomida universitet rahbariyati yangi talabalarga JIDUda amal qilinadigan Ichki tartib-qoidalar, Odob-axloq kodeksi, Akademik nizom, shuningdek, ta’lim jarayonining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuvning bosh maqsadi – talabalarning universitet hayotiga tezroq moslashuvini ta’minlash, ularning huquq va majburiyatlari, ta’lim jarayonidagi ishtiroki hamda shaxsiy mas’uliyatini chuqur anglashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv doirasida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, universitetdagi o‘quv, ilmiy va madaniy jarayonlar haqida amaliy tavsiyalar bilan tanishtirildilar.
Samimiy va mazmunli ruhda o‘tgan ushbu muloqot talabalarda tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha chuqur bilim olishga bo‘lgan ishtiyoq va intilishni yanada oshirdi. Tadbir barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.