JIDU talabalariga nutq madaniyati va kitobxonlik orqali shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 17-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati rahbari, taniqli jurnalist Sirojiddin O‘sarov ishtirokida talabalarga mo‘ljallangan mahorat darsi tashkil etildi.

    Uchrashuvning asosiy maqsadi – yoshlarda nutq madaniyati va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqish orqali ularning shaxsiy fazilatlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

    Tadbir davomida Sirojiddin O‘sarov o‘zining jurnalistika va axborot sohasi bo‘yicha yillik tajribasi asosida talabalarga hayotiy maslahatlar berdi. U nutq madaniyatining jamiyatdagi o‘rni, so‘zlashuvdagi estetik me’yorlar, axborotga nisbatan tanqidiy munosabat va kitob mutolaasining inson tafakkuriga ta’siri haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

    Mazkur mahorat darsi talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, o‘zini rivojlantirish, kitob o‘qish va ijodiy izlanishga undovchi samimiy va iliq muloqot ruhida o‘tdi.

    Ushbu tashabbus yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularni fikrlash va o‘z fikrini aniq ifoda etish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.