JIDU vakili “SHHT amaliyotda: Yangi O‘zbekiston tashabbuslari” davra suhbatida ishtirok etdi

JIDU vakili “SHHT amaliyotda: Yangi O‘zbekiston tashabbuslari” davra suhbatida ishtirok etdi

    JIDU vakili “SHHT amaliyotda: Yangi O‘zbekiston tashabbuslari” davra suhbatida ishtirok etdi

    JIDU vakili “SHHT amaliyotda: Yangi O‘zbekiston tashabbuslari” davra suhbatida ishtirok etdi

    Ma’lumki, joriy yil 31-avgust - 1-sentabr kunlari Xitoyning Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining 25-yig‘ilishi hamda SHHT plus formatidagi sammit o‘tkazildi. Ularda davlatimiz rahbari tashkilot doirasidagi va xalqaro miqyosdagi global masalalar bo‘yicha qator muhim taklif va tashabbuslarni o‘z ichiga olgan ma’ruza bilan ishtirok etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Tyanszin sammitida ilgari surilgan yangi taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va ommalashtirish maqsadida joriy yilning 4-sentabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “SHHT amaliyotda: Yangi O‘zbekiston tashabbuslari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

    Tadbir Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.

    Davra suhbatida 20 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari qatnashdi. Ular orasida davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi deputatlari, ekspertlar va jurnalistlar bor edi. Tadbirda “Xalq diplomati” unvoni sohibasi, siyosiy fanlar doktori, JIDU professori E.S.Sultanova ham ekspert sifatida ishtirok etdi.

    Tadbirda Prezident Sh.Mirziyoyevning SHHTning siyosiy asoslarini mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarining mohiyatiga e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan SHHT davlatlari bilan do‘stlikni mustahkamlash va hamkorlikni kengaytirishning O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qolishini ta’kidladi.

    Bundan tashqari, madaniy-gumanitar hamkorlik xalqlarni yaqinlashtirish, o‘zaro hurmat va o‘rganish ruhidagi sheriklikni chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi Tashkilotning tayanch ustunlaridan biri ekanligi qayd etildi.

    Muhokama chog‘ida davra suhbati ishtirokchilari Tyanzin sammiti O‘zbekistonning mintaqaviy va global masalalarda faol pozitsiyasini yana bir bor namoyish etganini, O‘zbekiston tashabbuslarining xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanishi mamlakatning obro‘-e’tibori ortib borayotganidan dalolat berishini ta’kidladilar.