JIDU rektori AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi

JIDU rektori AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi

    JIDU rektori AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi

    JIDU rektori AQSH Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashdi

    Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

    Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikning bugungi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini alohida ta’kidlab, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.

    Samir Pol Kapur O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar, shuningdek, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan izchil siyosatni yuqori baholadi.

    Muloqot chog‘ida mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyati, parlamentning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslarini mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.