JIDU katta o‘qituvchisi tomonidan Afg‘oniston Fanlar akademiyasida mahorat darsi o‘tkazildi

JIDU katta o‘qituvchisi tomonidan Afg‘oniston Fanlar akademiyasida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDU katta o‘qituvchisi tomonidan Afg‘oniston Fanlar akademiyasida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDU katta o‘qituvchisi tomonidan Afg‘oniston Fanlar akademiyasida mahorat darsi o‘tkazildi

    2025-yil 26-sentabr kuni Afgoniston Fanlar akademiyasidaOzbekistonning barqaror rivojlanish modeli: ilmiy yutuqlar va istiqbollarmavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Ushbu tadbir O‘zbekistonning so‘nggi yillarda barqaror rivojlanish sohasida erishgan amaliy va ilmiy natijalarini xalqaro ilmiy jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, mintaqaviy ilmiy hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratildi. Mahorat darsi JIDU katta o‘qituvchisi Islomxon Gafarov tomonidan tashkil etildi. Unda Afg‘oniston Fanlar akademiyasi rahbariyati, yetakchi olimlar, yosh tadqiqotchilar hamda ta’lim va ilmiy muassasalar vakillari ishtirok etdilar.

    Mahorat darsi davomida 2016-yildan buyon O‘zbekistonda barqaror rivojlanishni ta’minlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, xususan, iqtisodiy modernizatsiya, inson kapitalini rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim tizimini transformatsiya qilish hamda ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha yoritib berildi. Shuningdek, ilmiy sohada erishilgan yutuqlar, zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari va xalqaro reytinglar hamda ilmiy nashrlar sohasida kuzatilayotgan ijobiy dinamika haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

    Alohida ta’kidlangan jihatlardan biri sifatida “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga to‘xtalib o‘tildi. Ushbu jamg‘arma orqali yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy markazlarda tahsil olgan mutaxassislarning ilmiy salohiyatini mamlakat taraqqiyotiga safarbar etish, ilmiy maktablar va zamonaviy tadqiqot an’analarini shakllantirishdagi o‘rni alohida qayd etildi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning barqaror rivojlanish modeli ilmiy yondashuv, institutsional islohotlar va kadrlar salohiyati uyg‘unligiga asoslangan kompleks tizim sifatida tavsiflandi.

    Mahorat darsi yakunida ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi, O‘zbekiston tajribasini Afg‘oniston sharoitida ilmiy va amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi hamda kelgusida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, akademik almashinuvlar va ilmiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.