JIDUda O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

JIDUda O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Mustaqilligi bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 27-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev ochib berdi. U o‘z nutqida mustaqillikka erishishning tarixiy ahamiyatini va mamlakatimiz o‘tgan davr mobaynida hayotning barcha sohalarida erishgan ulkan yutuqlarni alohida ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu taraqqiyotda zamonaviy jamiyat rivojlanishining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan ta’lim va fan alohida o‘rin tutadi.

    S. Safoyev o‘tgan o‘quv yili yakunlarini sarhisob qilib, universitetning ilmiy va o‘quv faoliyatidagi sezilarli yutuqlarini alohida qayd etdi. U professor-o‘qituvchilarning xalqaro nufuzli nashrlardagi maqolalari soni oshgani, ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar miqdori ko‘paygani, shuningdek, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari va mutaxassislar bilan hamkorlikda bir qator innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ta’kidladi.

    Nutqini yakunlar ekan, rektor JIDU professor-o‘qituvchilari va barcha xodimlarini asosiy vazifani bajarish - O‘zbekistonning ravnaqi va kelajagiga munosib hissa qo‘shishga qodir yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun kuch-g‘ayratlarini birlashtirshga da’vat etdi.

    Tadbir doirasida taqdirlash marosimi bo‘ldi. Ilmiy faoliyatdagi yuksak yutuqlari, ta’lim jarayoniga qo‘shgan salmoqli hissasi va halol mehnati uchun universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

    Shuningdek, “O‘zbekiston va Hindiston me’moriy epigrafiyasi - Buyuk Boburiylar davri” nomli qisqa metrajli hujjatli film namoyish etildi. Film ikki mamlakat o‘rtasidagi chuqur tarixiy va madaniy aloqalarni ko‘rsatib, O‘zbekistonning ilm-fan, madaniyat markazi va sivilizatsiyalar chorrahasi sifatidagi o‘rnini ta’kidladi.

    Bayramning tantanali muhiti yig‘ilganlarga umumiy qadriyatlar va belgilangan maqsadlarning universitet hamda mamlakatni yanada rivojlantirish uchun naqadar muhimligini yana bir bor eslatdi.