JIDUda “Talabalar bilan samarali ishlashda psixologik yondashuv” bo‘yicha trening o‘tkazildi

    2025-yil 29-avgustda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida universitet psixologi Nargiza Norova tyutorlar uchun “Talabalar bilan samarali ishlashda psixologik yondashuv” mavzusida o‘quv-psixologik seminar-trening tashkil etdi.

    Trening davomida quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

    • birinchi kurs talabalarining universitet muhitiga moslashishida psixologik qo‘llab-quvvatlashning samarali usullari;

    • har bir talaba bilan ishlashda individual psixologik yondashuvlar;

    • talabalarning ruhiy holatini baholashning zamonaviy usul va vositalari;

    • hissiy barqarorlikni shakllantirish va mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar.

    Tadbir interaktiv tarzda o‘tdi: ishtirokchilar psixolog rahbarligida savollar berdilar, amaliy mashqlarni bajardilar va turli texnikalarni mashq qildilar. Trening yakunida tyutorlarga kundalik kasbiy faoliyatlarida psixologik yondashuvni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

    Ushbu seminar JIDU tyutorlari ishini takomillashtirish va talabalarning ijtimoiy-psixologik moslashuvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.