
JIDUda “Taʼlimda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Taʼlimda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

2025-yil 20-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash, BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan 4-BRM hamda 17-BRM vazifalarini joriy qilish, shuningdek, JIDUda ilm-fanni yanada rivojlantirish, ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Roman-german va O‘zbek va rus tillari kafedralari tomonidan “Taʼlimda tillarni o‘qitishning muammo va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
Anjumanda Ispaniya, Turkiya, Ozarbayjon va Xitoy davlatlaridan tadqiqodchi olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Ma’lumki, 4-BRM vazifalari sifatli ta’limni rivojlantirish va mazkur maqsadlarni amalga oshirishda keng jamoatchilik, xususan, ilmiy tadqiqodchilar bilan o‘qitish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan.
Konferensiya sho‘balari yuqoridagi vazifalarni o‘zida aks ettirgan holda jahon andozalari talabiga javob bera oladigan zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalarni tadbiq etib, noan’anaviy va samarali o‘qitish usullarini rivojlantirish, yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, yaratilgan yangi o‘quv qo‘llanmalar uchun uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish, yaratilgan yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarni o‘zaro almashish hamda aprobatsiyadan o‘tkazish, globallashuv jarayonida bir necha tillarni o‘qitish va tarjimonlar tayyorlash, sinxron tarjimani o‘quv dasturlariga kiritish, sinxron tarjima qila oladigan kadrlarni tarbiyalashga oid ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, elektron manbalar yaratish va amaliyotga tadbiq etish kabi masalalar ma’ruzachilar tomonidan yoritildi hamda ishtirokchilar o‘rtasida muhokama etildi.
Shuningdek, konferensiyaning yalpi majlisida xorijlik hamkorlarning ishtirok etganligi 17-BRM, milliy tillardagi o‘ziga xosliklarni qadriyat sifatida saqlanishiga oid masalalar 11-BRM hamda xorijiy tillarni o‘rganishda sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan innovatsion qo‘llanma sifatida foydalanish g‘oyalari 9-BRM vazifalari amaliyotini o‘zida aks ettiradi.