JIDUda Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘ziga xosligini shakllantirish va mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar seminari bo‘lib o‘tdi

JIDUda Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘ziga xosligini shakllantirish va mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar seminari bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘ziga xosligini shakllantirish va mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar seminari bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘ziga xosligini shakllantirish va mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar seminari bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 5-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘ziga xosligini mustahkamlash masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamda Shveysariyaning “PeaceNexus” jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tashkil etdi.

    Tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan tashrif buyurgan yetakchi olimlar, xalqaro munosabatlar, tarix, sotsiologiya va siyosiy tadqiqotlar sohasidagi mutaxassislarni bir maydonga jamladi.

    Seminar yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch, madaniy-sivilizatsion umumiylik hamda mintaqa mamlakatlarining uzoq muddatli manfaatlari mushtarakligiga asoslangan Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘ziga xosligini shakllantirish istiqbollarini atroflicha muhokama qilish uchun muhim inklyuziv platformaga aylandi.

    Ishtirokchilarning asosiy e’tibori kelgusidagi muhokamalar va kelishilgan takliflarni ishlab chiqish uchun ekspertlar hamjamiyatiga taqdim etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy o‘ziga xosligini shakllantirish va mustahkamlash konsepsiyasi loyihasiga qaratildi.

    Hujjat ustidagi ishlar ochiq, umummintaqaviy va inklyuziv xususiyatga ega ekani qayd etildi. Konsepsiya Markaziy Osiyo davlatlarining tahliliy, akademik va tadqiqot hamjamiyatlari vakillarining ko‘p yillik ekspertlar muloqoti hamda birgalikdagi sa’y-harakatlari samarasi bo‘ldi.

    Avvalroq, 2025-yil oktyabr oyida Konsepsiya loyihasi Toshkent shahrida Markaziy Osiyo ekspertlar forumi doirasida taqdim etilgan va Markaziy Osiyo davlatlarining ilmiy-tahliliy doiralari tomonidan keng qutlanib, qo‘llab-quvvatlangan edi.

    Munozaralar davomida ishtirokchilar umummintaqaviy o‘ziga xoslikni shakllantirish madaniy va etnik xilma-xillikni hurmat qilish, xalqlarning o‘ziga xosligini saqlash, milliy hamda mintaqaviy o‘zlikni anglashning bir-birini to‘ldirishi, shuningdek, tinchlik, xalqaro huquq va konstruktiv sivilizatsiyalararo muloqot tamoyillariga sodiqlikka asoslanishi lozim, degan yakdil fikrga keldilar.

    Umuman olganda, ushbu seminar mintaqaning akademik va tahliliy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda Konsepsiya loyihasini yanada muhokama qilish, takomillashtirish va kelishishga qaratilgan Markaziy Osiyo davlatlaridagi ekspert tadbirlari turkumini boshlab berdi.

    Ishtirokchilar keng qamrovli hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, Markaziy Osiyoda ishonch, o‘zaro anglashuv va barqaror sheriklik muhitini mustahkamlashga qo‘shiladigan muhim intellektual va amaliy hissa sifatida Konsepsiya loyihasini birgalikda yanada takomillashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.