Xalqaro grantlar bo‘yicha ekspert JIDU talabalari uchun mahorat darsi o‘tkazdi

    2025-yil 14-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Global ta’lim imkoniyatlari” mavzusida trening-master-klass o‘tkazildi.

    Spiker sifatida xalqaro grantlar sohasida tan olingan mutaxassis, nufuzli Global UGRAD va EYUF dasturlari finali ishtirokchisi, TTProgress kompaniyasi asoschisi hamda tajribali ustoz Tursunoy Usmonova ishtirok etdi.

    Trening davomida u dunyoning TOP-300 universitetlariga qabul qilinishning asosiy mezonlarini batafsil yoritib berdi, abituriyentlarning hujjat topshirishdagi ko‘p uchraydigan xatolarini tahlil qildi va muvaffaqiyatli akademik karyera uchun shaxsiy brendni yaratishning muhimligini ta’kidladi.

    Ishtirokchilarga dolzarb xalqaro ta’lim dasturlari va o‘zbekistonlik talabalarning ilhomlantiruvchi muvaffaqiyat hikoyalari taqdim etildi. Tadbir qizg‘in bahs-munozara va samarali savol-javob sessiyasi bilan yakunlandi.

    O‘tkazilgan trening nafaqat amaliy bilimlar, balki yangi akademik cho‘qqilarni zabt etishga intilayotgan JIDU talabalari uchun kuchli rag‘batlantirish manbai bo‘ldi.