JIDU bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

JIDU bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDU bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDU bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar, davlat idoralari vakillari hamda diplomatik korpus a’zolarini bir joyga jamladi.

    Tantanali tadbirni ochishda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diploatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev onlayn tarzda bitiruvchilarni qutlab, ularning universitet taraqqiyoti va O‘zbekiston istiqboliga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi. U universitetning o‘z bitiruvchilari bilan faxrlanishini va ularning kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, rektor talabalarni butun o‘qish davri mobaynida qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ota-onalarga chuqur minnatdorchilik izhor etdi.

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev bo‘lajak diplomatlar oldida so‘zlar ekan, ular doimiy ravishda o‘z ustida ishlashlari, bilimini oshirish, tajriba va malaka oshirishga intilishlari, ishning innovatsion uslublarini joriy etishlari kerakligini ta’kidladi.

    Shundan so‘ng universitetdagi yorqin hayot va talabalarning yutuqlarini aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi.

    JIDU bitiruvchilariga O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek, tantanali tadbirga tashrif buyurgan xorijiy davlatlarning Favqulodda va Muxtor elchilari o‘z tabriklarini yo‘lladilar. Ular orasida Fransiya elchisi Oreliya Bushez, Chexiya elchisi Lyubomir Frebort, hamda Hindiston, BMT va boshqa xorijiy tashkilotlar elchixonalari vakillari bor edi.

    Yuqori o‘zlashtirish va faol jamoatchilik faoliyati bilan ajralib turgan 50 nafar bitiruvchiga alohida e’tibor qaratildi. Qolgan bitiruvchilarga ham TIV va JIDU rahbariyati vakillari diplom va sertifikatlar topshirdilar.

    Tadbir talabalar va taklif etilgan san’atkorlar ishtirok etgan bayramona konsert bilan yakuniga yetdi.

    Ma’lumot uchun. 2025-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishini muvaffaqiyatli 385 nafar talaba bitirdi. Bitiruvchilarning katta qismi Yevropa, Osiyo va AQShning nufuzli universitetlarida o‘qishni davom ettirdi. Eng mashhur yo‘nalishlar orasida xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, siyosatshunoslik va huquqshunoslik mavjud.

    JIDU 60 dan ortiq xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan faol hamkorlik olib boradi, bu esa talabalarga almashinuv dasturlarida qatnashish va akademik kreditlarni inobatga olgan holda magistraturaga kirish imkonini beradi. Shuningdek, ko‘plab bitiruvchilar allaqachon davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar va biznes sektorida o‘z ish o‘rinlarini topishgan.