JIDU rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarini o‘rganish va takomillashtirish ishlari olib borildi

JIDU rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarini o‘rganish va takomillashtirish ishlari olib borildi

    JIDU rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarini o‘rganish va takomillashtirish ishlari olib borildi

    JIDU rahbariyati tomonidan talabalar turar joylarini o‘rganish va takomillashtirish ishlari olib borildi

    Joriy yilning 13-avgust kuni yangi 2025/2026 o‘quv yili arafasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati tomonidan talabalar uchun munosib va qulay yashash sharoitlarini yaratish, shuningdek, ularni o‘z vaqtida hamda samarali joylashtirish bo‘yicha tizimli choralar amalga oshirilmoqda.

    Ushbu sa’y-harakatlar doirasida nafaqat talabalarning yashash joylari bilan ta’minlanish jarayoni, balki ularning xavfsiz, toza va ma’naviy-ma’rifiy jihatdan sog‘lom muhitda istiqomat qilishi masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupdjanov boshchiligida universitet huzurida faoliyat yuritayotgan Talabalarni turar joylariga joylashtirish bo‘yicha yordam ko‘rsatish markazi (infokiosk) tavsiyasiga muvofiq bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazildi.

    Xususan, Toshkent shahrida joylashgan hamkor xostellar va yotoqxonalarga tashriflar amalga oshirilib, u yerdagi yashash sharoitlari, xonalar gigiyenasi, umumiy foydalanishdagi joylarning tozaligi, xavfsizlik tizimlari, yong‘in xavfsizligi vositalari, ichki tartib-qoidalar hamda internet va boshqa kommunikatsiya xizmatlarining mavjudligi batafsil o‘rganildi. Shu bilan birga, talabalar uchun taqdim etilayotgan oshxona, sport zallari va dam olish maskanlarining holati ham ko‘zdan kechirildi.

    Tashriflar davomida yotoqxona ma’muriyati va mas’ul shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, aniqlangan ijobiy jihatlarni yanada mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni esa imkon qadar tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu jarayon doimiy monitoring asosida olib borilishi belgilandi.