JIDU talabalari Turkiyada tashkil etilgan turk tilini o‘rganish kurslarida ishtirok etmoqdalar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Yersoy Davlat Universiteti (MAKÜ) 2024-yilda imzolangan Anglashuv memorandumi doirasida JIDU talabalari Turkiyada tashkil etilgan turk tilini o‘rganish dasturlarida qatnashmoqda. Bu tashrif ikki do‘st davlat o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim qadam hisoblanadi.

    Tashrifning dastlabki kunlaridanoq muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, talabalarimiz Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti rektori Prof. Dr. Hüseyin Dalgar bilan uchrashib, turk tilidagi bilimlarini namoyish etishdi hamda O‘zbekiston va JIDU faoliyati haqida ma’lumot berishdi. Rektor talabalarimizning tayyorgarligi va faolligini yuqori baholab, kelajakda hamkorlikni kengaytirish niyatini bildirdi.

    Shuningdek, tashrif doirasida JIDU talabalari O‘zbekistonning milliy an’analari, madaniy merosi va tarixiy boyliklari haqida taqdimotlar tayyorladilar. Bu tadbirlar orqali Turkiya universiteti jamoasiga mamlakatimizning boy madaniyati yaqindan tanishtirildi.

    Ushbu tashabbus BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (11 – “Barqaror shaharlar va hamjamiyatlar”, 17 – “Hamkorlik qilish uchun global sheriklik”) mos ravishda amalga oshirilmoqda.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kelajakda ham xalqaro ta’lim va madaniy almashinuv dasturlarini rivojlantirish orqali BRMga erishish yo‘lida faol ishtirok etishni davom ettiradi.