
JIDU talabalari Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT Yoshlar sammitida ishtirok etdilar
JIDU talabalari Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT Yoshlar sammitida ishtirok etdilar

Joriy yilning 4–11-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Yoshlar sammiti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari – Rahimova Shahnozaxon, Ashurov Saidali va Choriqulova Muqaddam ishtirok etdilar.
Sammit doirasida xalqaro yoshlar hamkorligi, barqaror rivojlanish, raqamlashtirish va SHHT doirasida sheriklik masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘z mamlakatlari tashabbuslarini taqdim etib, SHHT ruhida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha umumiy takliflar ishlab chiqdilar.
Mazkur sammit tashkilotga a’zo davlatlar yoshlari bilan bevosita muloqot uchun samarali platforma bo‘ldi. JIDU talabalari ishtiroki SHHT yoshlar tuzilmalari bilan aloqalarni kengaytirish hamda O‘zbekistonning tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlarini xalqaro maydonda ilgari surishga xizmat qildi.