JIDUda suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi

    Ma’lumki, shu kunlarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Mazkur loyiha doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun ham musobaqa bo‘lib o‘tdi. 

    Xususan, suzish musobaqasiga “Yangi olmachi” MFY, “Olmachi” MFY, “Buyuk ipak yo‘li” MFY, “Elobod” MFY yoshlari ham jalb etildi. 

    Shuningdek, musobaqada sportchi yoshlar hamda Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan talabalar bilan birgalikda, “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari qamrab olindi. 

    Musobaqa talabalarning akademik hayotdan bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazishga yordam berish, mahalla va hamkor universitetlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash va mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.