JIDU magistranti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

JIDU magistranti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    JIDU magistranti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    JIDU magistranti “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bir guruh ilg‘or, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular orasida – o‘zining tirishqoqligi, iqtidori, ijtimoiy faoliyati va namunali hayoti bilan ajralib turgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Jahon iqtisodiyoti” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Feruz Hakimovning borligi barchamiz uchun quvonarli xushxabar bo‘ldi. U Prezidentimizdan yurtimiz yoshlariga beriladigan eng sharafli mukofotlardan biri “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini qabul qilib oldi.

    - “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lish mening ko‘p yillik orzuyim edi. Mukofot sovrindori bo‘lganim haqidagi xabar men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Ushbu mukofotni shaxsan Yurtboshimizning qo‘lidan olish menga o‘zgacha faxr tuyg‘usini bag‘ishladi.

    - “Hurmatli Prezidentimizdan ushbu mukofotni qabul qilib olar ekanman, kelajakda kim bo‘lasiz deya menga qarata savol berdilar. Men hech ikkilanmasdan iqtisodchi bo‘laman deya javob berganimda, siz yoshlar uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beryapman, doim harakatda bo‘lib, izlanishdan aslo to‘xtamanglar deya bildirilgan ishonchi menga katta kuch berdi, shijoatimga shijoat qo‘shdi", - deya hayajonlarini bo‘lishdi Feruz.

    Feruz Hakimov universitet hayotida ham faol magistrant sifatida ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda. O‘zining tashabbuskorligi, mehnati va ilmiy faoliyati davomida erishgan yutuqlari natijasida mana shunday yuksak darajadagi davlat mukofoti bilan taqdirlanishi o‘z o‘rnida, yosh avlod uchun chinakam namuna bo‘ldi.

     Universitet jamoasi nomidan Feruz Hakimovni ushbu mukofot bilan yana bir bor tabriklaymiz. Kelgusi faoliyatda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.