JIDU vakillari Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdilar

JIDU vakillari Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdilar

    JIDU vakillari Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdilar

    JIDU vakillari Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdilar

    2026-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida «Markaziy Osiyo — ta’lim, fan va innovatsiyalarning yangi makoni» mavzusidagi Markaziy Osiyo xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur anjumanda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Siyosatshunoslik kafedrasi xorijiy o‘qituvchilari Jingyi Dong va Akbikesh Mukhtarova hamda Xalqaro akademik hamkorlik ofisi bosh mutaxassisi Xojimurod Anvarov faol ishtirok etdilar.

    Forum Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashinuvini rivojlantirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilashga xizmat qiluvchi muhim xalqaro muloqot maydoni bo‘ldi.

    Tadbir doirasida JIDU vakillari xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari va xalqaro ekspertlar bilan fikr almashib, ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, universitetning xalqaro aloqalarini kengaytirish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish va istiqbolli sheriklik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muloqotlar olib borildi.

    Forumda oliy ta’lim sifatini oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mintaqaviy akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    JIDU vakillarining mazkur xalqaro anjumandagi ishtiroki universitetning xalqaro akademik aloqalarini rivojlantirish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish va Markaziy Osiyoda ta’lim hamda ilm-fan sohasidagi mintaqaviy integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarining muhim qismi bo‘ldi.