JIDU professori nufuzli xalqaro nashrda Xitoy muzokaralari haqidagi bobni chop etdi

JIDU professori nufuzli xalqaro nashrda Xitoy muzokaralari haqidagi bobni chop etdi

    JIDU professori nufuzli xalqaro nashrda Xitoy muzokaralari haqidagi bobni chop etdi

    JIDU professori nufuzli xalqaro nashrda Xitoy muzokaralari haqidagi bobni chop etdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) professori, siyosiy fanlar doktori Alisher Fayzullayev Routledge (London - Nyu-York) nashriyoti tomonidan chop etilgan “China’s Negotiating Mindset and Strategies” nomli yangi kitobda “Tai Chi and Chinese Negotiation Behavior” bobining muallifi bo‘ldi.

    Professor Fayzullayevning bobi Tay-chi falsafasi va Xitoyning zamonaviy muzokara taktikasi o‘rtasidagi aloqani yoritib beradi. Muallif ta’kidlaganidek, bu yondashuv Xitoy diplomatiyasi va biznes amaliyotining asosiy unsurlarini - moslashuvchanlik, strategik sabr-toqat va ziddiyatlardan foydalanish qobiliyatini o‘zida mujassam etgan.

    “Xitoy muzokara uslubining madaniy ildizlarini tushunish, xoh diplomatiya, xoh xalqaro biznes bo‘lsin, muvaffaqiyatli muloqot uchun g‘oyat muhimdir,” - deb ta’kidlaydi Fayzullayev.

    Gi Olivier Fore va I. Uilyam Zartman tahriri ostidagi kitob muzokaralarga xitoycha yondashuvning tarixiy va madaniy asoslarini tadqiq etadi. Unda quyidagi asosiy tushunchalar tahlil qilinadi:

    - konfutsiychilik va daosizm,

    - in-yan tamoyillari,

    - Xitoy harbiy strategiyasi.

    Amaliy misollarga “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi muzokaralar, shuningdek, Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlari atrofidagi geosiyosiy bahslar kiradi.

    Kitobning yakuniy qismida muzokara nazariyasiga hissa qo‘shadigan va xitoylik diplomatlar hamda tadbirkorlar bilan muzokaralarni rejalashtirayotgan g‘arblik amaliyotchilarga yordam beradigan o‘rganilgan materiallarning umumlashmasi keltirilgan. Ushbu nashr, shuningdek, xalqaro munosabatlarda Xitoy amaliyotini tushunishga intilayotgan siyosat tahlilchilari uchun muhim manba bo‘ladi.

    Kitob xalqaro muzokaralar, tashqi siyosat, biznes va xalqaro munosabatlarni o‘rganayotgan talabalar, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislar va siyosatchilar uchun qiziqarli bo‘ladi.