“Bugungi qiz – ertangi yetakchi: stereotiplarni yengib o‘tish yo‘llari” mavzusiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi

“Bugungi qiz – ertangi yetakchi: stereotiplarni yengib o‘tish yo‘llari” mavzusiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi

    “Bugungi qiz – ertangi yetakchi: stereotiplarni yengib o‘tish yo‘llari” mavzusiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi

    “Bugungi qiz – ertangi yetakchi: stereotiplarni yengib o‘tish yo‘llari” mavzusiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi tashabbusi bilan “Jamiyatda saqlanib qolayotgan oilaviy stereotiplarni bartaraf etishning dolzarb masalalari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

    Tadbirni JIDU Xotin-qizlar masalalari maslahat kengashi raisi, professor E.Sultanova ochib berdi. O‘z nutqida u davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ta’lim olishi hamda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, jamiyatda uchrab turadigan eskirgan oilaviy qarashlarni qayta ko‘rib chiqish, oilada o‘zaro hurmat va teng munosabatlarni qaror toptirish hamda talaba qizlarning ongli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhimligiga to‘xtalib o‘tdi.

    Tadbirda mehmon sifatida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi o‘rinbosari Sh.Shakirova hamda oilaviy psixolog Barnoxon Karimova ishtirok etdi. Mehmonlar oilaviy munosabatlardagi stereotiplarning kelib chiqish sabablari, ularning shaxs va jamiyat rivojiga ta’siri hamda ularni bartaraf etish yo‘llari haqida o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Tadbir dasturini universitetning iqtidorli talaba qizlari o‘z chiqishlari bilan boyitib, uchrashuvga o‘ziga xos ruh bag‘ishladilar.

    Shuningdek, uchrashuv doirasida Lider Qizlar Klubi faoliyati birinchi bosqich talabalariga taqdim etildi. Talabalar klubning maqsad va vazifalari, asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda qizlarning liderlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

    Tadbir ochiq muloqot va samimiy ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bunday uchrashuvlar talaba-yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarga tanqidiy nazar bilan qarash hamda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qiladi.