
JIDU rektori Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi
JIDU rektori Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev Yaponiyaning mamlakatimizga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Kendzi Xirata bilan uchrashdi. Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kun tartibidagi tadbirlar, parlamentlararo muloqot, iqtisodiyot, ilm-fan va oliy ta’lim sohalaridagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, ikki tomonlama iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy aloqalar ko‘lamini kengaytirishda hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
| Sana: | 02.12.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 39 |
| Ulashish: |



