JIDUda navbatdagi ijodiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda navbatdagi ijodiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda navbatdagi ijodiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda navbatdagi ijodiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston Respuplikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vaziri hamda Toshkent shahar hokimining 2025-yil 16-maydagi 01-16-25-sonli Toshkent shahridagi Oliy hamda kasbiy ta’lim muassasalarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasining 20-bandida Toshkent shahar tumanlarida yoshlar o‘rtasida atoqli adiblar va mutafakkirlar ijodiy merosini keng targ‘ib qilish, ularning adabiyotga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tizimli tadbirlar tashkil etish vazifasi belgilangan.

    2025-yilning 27-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Besh muhim tashabbus markazi va Yoshlar ishlari ofisi hamkorligida “Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni milliy qadriyatlar, vatanparvarlik va buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash” mavzusida navbatdagi ijodiy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Davra suhbatini universitet Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh.Shakirova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

    Tadbir mehmoni sifatida O‘zbekiston adabiyoti va san’atida chuqur iz qoldirgan, O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, davlat arbobi Abdulla Oripovning qizi, “Umrboqiy meros” madaniyat va san’at targ‘ibot markazi huzuridagi “Qirqqiz akademiyasi” rahbari Shoira Oripova ishtirok etdi.

    Uchrashuv davomida Shoira Oripova tomonidan buyuk shoirning bosib o‘tgan hayot yo‘li, oilaviy xotiralar, shoirning hayotidagi ayrim voqealar, ijodining falsafiy-ruhiy jihatlari, vatanparvarlik, adolat, insonparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat bilan sug‘orilgan she’rlari haqida hayajonli va samimiy so‘z yuritildi. U o‘zining xotiralari, otasining hayoti va ijodiga bo‘lgan shaxsiy yondashuvi orqali ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, yosh avlodni milliy g‘urur, ma’naviyat va o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalash borasidagi yondashuvlari va amaliy tavsiyalari tadbir ishtirokchilari tomonidan iliq qabul qilindi.

    Shuningdek, tadbirda yana bir qator ijtimoiy faol mehmonlar – Yangi Olmachi mahallasi raisi Guldanay Ismilova, mahalla kutubxonachisi Feruza Ergasheva, ijtimoiy xodimlar Nilufar Bakayeva va Salvar Shukurovalar ham ishtirok etdilar. Ular tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar, yoshlar bilan ishlash tajribalari, kitobxonlikni targ‘ib qilish va oilaviy tarbiya masalalariga oid qiziqarli fikrlar bildirildi.

    Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan buyuk shoir ijodidan namunalar o‘qildi, milliy qadriyatlar, ona tilimiz, tarixiy xotira va ma’naviy merosni asrab-avaylash borasida yoshlarga qarata aytilgan she’riy parchalar o‘qib eshittirildi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy kamoloti, adabiyotga muhabbati va tarixiy shaxslarga bo‘lgan hurmatini yuksaltirishga, ijtimoiy faolligi va ma’naviy immunitetini oshirishga, ularni ijodiy va mustaqil fikrlashga xizmat qilishi shubhasizdir.