“Xalqaro standartlar asosida bolalarni zo‘ravonlikdan huquqiy himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

    2025-yil 20-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinika tomonidan amalga oshirilayotgan “Qaldirg‘och” loyihasi doirasida “Xalqaro standartlar asosida bolalarni zo‘ravonlikdan huquqiy himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

     Tadbirning asosiy maqsadi – bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ularni huquqiy himoya qilishda xalqaro tajriba va amaliyotlarni o‘rganish, shuningdek, bu boradagi milliy qonunchilik asoslarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

    Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman oilaviy ishlar bo‘yicha sudyasi Zulfiyaxon Nuralieva faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. U o‘z chiqishida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi sud amaliyotidan real hayotiy misollarni keltirib o‘tdi, oilaviy nizolar fonida bolalarning manfaatlari qanday himoya qilinayotgani, sud qarorlarida bolaning huquqlari qanday inobatga olinishi haqida batafsil to‘xtaldi.