
An’analar va yutuqlar: JIDU Yuridik klinikasi talabalarining bitiruv marosimi
An’analar va yutuqlar: JIDU Yuridik klinikasi talabalarining bitiruv marosimi

Joriy yilning 21- iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro huquq fakultetining Yuridik klinikasida tahsil olgan 4-bosqich talabalarning an’anaviy tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir universitet hayotidagi muhim an’anaga aylangan bo‘lib, u talabalar tomonidan huquqiy amaliyotga qo‘shilgan hissani va ularning professional faoliyatga tayyorligini ifoda etdi. JIDU Yuridik klinikasida talabalar bir necha yil davomida amaliy tajriba orttirib, aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab bordilar.
Tadbirning rasmiy qismini Xalqaro huquq fakulteti dekani Serik Murataev ochib berdi. Yuridik klinika kuratorlari – Ziyodulla Ubaydullaev, Irina Cherkashina va Galina Mayorova ham so‘zga chiqib, talabalar tomonidan klinikadagi faoliyatga bo‘lgan jiddiy yondashuvni va ularning huquqiy tayyorgarlik darajasini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Rasmiy qismdan so‘ng, talabalar va ustozlar o‘rtasida samimiy suhbat tarzidagi norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilar klinikadagi faoliyat xotiralari bilan o‘rtoqlashdi, murabbiylarga minnatdorchilik bildirdi va kelajak rejalari haqida gapirdi.
Sana: | 21.06.2025 |
Ko'rganlar soni: | 67 |
Ulashish: |