JIDU dotsenti Leyn Kirkland stipendiya dasturi yubileyida O‘zbekistonni taqdim etdi

    2025-yil 5-7-iyun kunlari “Xalqaro va ommaviy huquq” kafedrasi dotsenti Leyn Kirkland stipendiya dasturining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston nomidan ishtirok etdi. Ushbu nufuzli anjumanda u 10 mamlakatdan kelgan taniqli hamkasblari bilan birga ma’ruza qildi.

    Leyn Kirkland stipendiya dasturi 25 yil mobaynida Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyolik yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlab, ularning kasbiy va ijtimoiy salohiyatini yuksaltirishga hissa qo‘shib kelmoqda.

    Bugungi kunda dastur bitiruvchilari tarmog‘i 1000 dan ziyod mutaxassisni o‘z ichiga oladi. Ular orasida vazirlar, parlament a’zolari, yirik kompaniyalar rahbarlari, mahalliy hokimiyat organlari vakillari va ijtimoiy innovatorlar mavjud.