
JIDU talabalari “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida “Xayriya kuni” ko‘ngillilari sifatida ishtirok etishdi
JIDU talabalari “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida “Xayriya kuni” ko‘ngillilari sifatida ishtirok etishdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsent v.b. A. M. Radjabova hamda shogird-o‘qituvchi Tursunova Dilnora Raxmatjon qizi tashabbusi bilan “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 2-bosqich talabalari Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Imkoniyati cheklangan qariyalar” uchun mo‘ljallangan maxsus shelterda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida “Xayriya kuni” ko‘ngillilari sifatida ishtirok etishdi.
Mazkur xayriya tadbiri “Food for Life Uzbekistan” ko‘ngillilar tashkiloti tomonidan tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar keksalarga ovqat hamda uy uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarni tarqatishdi. Shuningdek, ular jamiyatni ekologik va do‘stona madaniyat bilan boyitish, xayriya va ehson qilish orqali insoniylik fazilatlarini shakllantirish borasida amaliy tajriba to‘plashdi.
“Food for Life Uzbekistan” ma’muriyati hamda shelterning ijtimoiy xizmat oluvchilari talabalarning tashrifidan mamnun bo‘lib, xayriya tadbirida ishtirok etganlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
| Sana: | 28.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 66 |
| Ulashish: |




