JIDU talabalarining ijodiy loyihalari

JIDU talabalarining ijodiy loyihalari

    JIDU talabalarining ijodiy loyihalari

    JIDU talabalarining ijodiy loyihalari

     “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faol talabalari yozgi ta’tilni mazmunli va samarali o‘tkazishmoqda.

     Jumladan, universitetda faoliyat yuritayotgan “Chevar qizlar” to‘garagining iste’dodli a’zolari yozgi ta’til davomida turli matolardan o‘ziga xos milliy liboslar yaratishmoqda. Bu esa nafaqat ijodiy salohiyatni oshirish, balki milliy qadriyatlarimizni qadrlash va asrab-avaylashda muhim qadam bo‘lmoqda.

    Har bir libosda mehnat, did va mehr mujassam!