
JIDUda “Giyohvandlik – umr zavoli” shiori ostida sahna bellashuvi o‘tkazildi
JIDUda “Giyohvandlik – umr zavoli” shiori ostida sahna bellashuvi o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Diplomat” talabalar teatr studiyasi tashabbusi bilan “Giyohvandlik – umr zavoli” shiori ostida sahna ko‘rinishlari bellashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni zararli odatlardan uzoq bo‘lishga undash va sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi. Bellashuv davomida fakultet jamoalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, ularda giyohvandlikning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotiga keltiradigan og‘ir oqibatlari badiiy tarzda yoritildi.
Tadbir yakunida faol va eng yaxshi chiqishlarni namoyish etgan jamoalar hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Bellashuv natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — “Xalqaro huquq” fakulteti jamoasi
2-o‘rin — “Xalqaro munosabatlar” fakulteti jamoasi
3-o‘rin — “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdi.
Ushbu tadbir yoshlar ongida sog‘lom hayot tarzi muhimligini yana bir bor mustahkamlab, ularni kelajakda to‘g‘ri yo‘l tanlashga undovchi muhim ma’naviy-ma’rifiy loyiha bo‘lib xizmat qildi.




