
“Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom yoshlar” mavzusida ma’rifiy suhbat tashkil etildi
“Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom yoshlar” mavzusida ma’rifiy suhbat tashkil etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalar turar joyida “Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom yoshlar” mavzusida ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Tadbirda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti tyutori Z. Qahhorova va “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti tyutori D. Sadikova ishtirok etib, talaba yoshlar bilan “Toza qo‘llar” mavzusida muloqot o‘tkazishdi.
Suhbat davomida gigiyena qoidalariga rioya qilish, salomatlikni saqlash, tozalikka e’tiborli bo‘lish, shuningdek, sog‘lom muhitda ijodiy va faol hayot tarzini shakllantirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning gigiyenik madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va mas’uliyatli yondashuvni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.