JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Xalqaro qurilish shartnomalari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Xalqaro qurilish shartnomalari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

    JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Xalqaro qurilish shartnomalari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

    JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida Xalqaro qurilish shartnomalari bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

    Joriy yilning 17-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Xalqaro biznes huquqi» hamda «Xalqaro tijorat arbitraji va nizolarni hal etish» yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 1-bosqich magistrantlar uchun «Xalqaro tijorat bitimlari» fanidan «Xalqaro qurilish shartnomalari» mavzusida master-klass tashkil etildi. Mazkur master-klass «Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari» kafedrasi professori Imamova Dilfuza tomonidan tashkil etildi.

    Master-klassni o‘tkazish uchun MY LAWYER yuridik firmasining hamkori, xalqaro arbitraj va qurilish huquqi sohasida faoliyat yurituvchi amaliyotchi yurist, FIDIC shartnomalari bo‘yicha sertifikatlangan trener, FIDIC Asia Pacific Future Leaders Ijroiya qo‘mitasi a’zosi, shuningdek Xalqaro savdo palatasining (ICC) Xalqaro arbitraj sudi, London Qirollik arbitrlari instituti va Nizolarni hal etish kengashi fondi a’zosi Bobokulova Feruza taklif etildi.

    Master-klass davomida Bobokulova Feruza xalqaro qurilish shartnomalarining huquqiy tabiatini batafsil yoritib berdi, FIDIC shartnomalarining o‘ziga xos jihatlariga to‘xtaldi, shuningdek bunday shartnomalarni tuzish va ulardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish bo‘yicha amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Bu esa magistrantlarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘lash imkonini berdi.

    Magistrantlar muhokama qilinayotgan mavzuga katta qiziqish bildirdilar, munozaralarda faol ishtirok etdilar, dolzarb savollar bilan murojaat qildilar hamda mazmunli va asoslantirilgan javoblar oldilar.

    Mazkur master-klassning o‘tkazilishi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida 16-maqsad – «Tinch va inklyuziv jamiyatni barpo etishga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlovdan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor hamda inklyuziv institutlarni shakllantirish», xususan huquq ustuvorligini mustahkamlash va odil sudlovdan teng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan 16.3-band, shuningdek 17-maqsad – «Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik», ayniqsa fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishni nazarda tutuvchi 17.6-bandning amalga oshirilishiga bevosita xizmat qiladi.

           Master-klass akademik muloqotni rivojlantirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi o‘zaro aloqani mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.