JIDUda erta turmushni oldini olish va yoshlarni oilaga tayyorlash mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 5-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Erta turmushni oldini olish va qarindosh urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari” va “Yoshlarni oilaga tayyorlash” mavzularida talaba qizlar bilan Besh muhim tashabbus markazi rahbari Sh.Shakirova boshchiligida davra suhbati tashkil etildi.

    Ushbu davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad – yoshlar o‘rtasida erta turmush qurish va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlardan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar haqida tushuncha berish, ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni muhokama qilishdan iborat.

    Davra suhbatida, talaba qizlarga erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, tibbiy oqibatlari, uni oldini olishga qaratilgan muhim hujjatlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

    Shuningdek, talaba qizlarning ta’limdan chetda qolish, ijtimoiy faolliklarining pasayishi haqida ham aytib o‘tildi.