JIDU professor-o‘qituvchilari mahallada Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazdi

JIDU professor-o‘qituvchilari mahallada Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazdi

    JIDU professor-o‘qituvchilari mahallada Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazdi

    JIDU professor-o‘qituvchilari mahallada Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan davra suhbatlari o‘tkazdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisherobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

    2026-yil 19-may kuni professor-o‘qituvchilar R. Yusupaliyeva, Z. Israilova va D. Soliyev ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda mahalla va Barqaror rivojlanish maqsadlari: hamkorlik va mas’uliyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Shuningdek, 30-iyun kuni Z. Israilova, D. Soliyev va A. Abdujalilov ishtirokida “Yangi O‘zbekistonda mahalla instituti va Barqaror rivojlanish maqsadlari: inklyuziv rivojlanish va ijtimoiy hamkorlik” mavzusida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

    Tadbirlarda mahalla raisi, hokim yordamchilari, ijtimoiy xodimlar, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi. Davra suhbatlari davomida Barqaror rivojlanish maqsadlarini mahalla darajasida samarali amalga oshirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

    Muhokamalar jarayonida qashshoqlikka barham berish (SDG 1), sifatli ta’lim (SDG 4), gender tengligi (SDG 5), munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish (SDG 8), barqaror shaharlar va aholi punktlari (SDG 11), tinchlik, adolat va samarali institutlar (SDG 16) maqsadlarini mahalla faoliyati bilan uyg‘unlashtirishning amaliy mexanizmlari ko‘rib chiqildi. 

    Tadbirlar yakunida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda mahalla institutining o‘rni tobora ortib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu maqsadlarni mahalliy darajada amalga oshirishda davlat organlari, fuqarolik jamiyati vakillari va aholining o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.