JIDU “THE Impact Rankings 2025” global reytingiga kiritildi

JIDU “THE Impact Rankings 2025” global reytingiga kiritildi

    JIDU “THE Impact Rankings 2025” global reytingiga kiritildi

    JIDU “THE Impact Rankings 2025” global reytingiga kiritildi

    2024-yil sentyabr oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) ilk bor barqaror rivojlanish bo‘yicha “Times Higher Education Impact Rankings” global reytingida ishtirok etdi.

    Times Higher Education (THE) – butun dunyo akademik hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan yetakchi xalqaro tahliliy tashkilot bo‘lib, har yili universitetlar reytingini e’lon qiladi, mustaqil tadqiqotlar olib boradi va oliy ta’limning strategik rivojlanishiga ekspertlik ko‘magini taqdim etadi. THE global ta’lim tizimi sifat, ochiqlik va barqarorlik mezonlarini belgilovchi nufuzli institut hisoblanadi.

    “THE Impact Rankings” universitetlarning BMT tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga qo‘shayotgan hissasini baholaydi va oliy ta’lim muassasalarining ijtimoiy, akademik hamda institutsional mas’uliyatini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Reyting doirasida quyidagi yo‘nalishlar tahlil qilinadi: sifatli ta’lim, gender tengligi, xalqaro hamkorliklar, munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish, akademik erkinlik, fuqarolik jamiyatidagi ishtirok va boshqa muhim barqarorlik omillari.

    2024-yilda “THE Impact Rankings 2025” dunyoning 130 davlatidan 2526 universitet ishtirok etdi. JIDU natijalari quyidagicha:

    • BRM 17 – Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik: 601–800-o‘rin;

    • BRM 16 – Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv: 401–600-o‘rin;

    • BRM 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish: 401–600-o‘rin;

    • BRM 4 – Sifatli ta’lim: 801–1000-o‘rin;

    • BRM 5 – Gender tenligi: 1001–1500-o‘rin.

    Yakuniy baholash natijasida JIDU 1001+ guruhiga kiritildi, bu esa universitetning barqaror rivojlanish va ta’lim transformatsiyasining global kun tartibida faol ishtirok etishga tayyorligini namoyon etadi.

    Ushbu yutuq JIDU jamoasining akademik salohiyatni mustahkamlash, ichki boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha olib borgan tizimli sa’y-harakatlarining samarasidir. Universitet adolatli, inklyuziv va barqaror kelajakni barpo etishga o‘z hissasini qo‘shishga intilmoqda.

    JIDU talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ushbu navbatdagi munosib xalqaro yutuq bilan tabriklaymiz!

    Ishonchimiz komilki, 2025-yilda “THE Impact Rankings 2026”da ishtirok etishi universitetning bilim, taraqqiyot va global masʼuliyat markazi sifatida rivojlanishida yangi bosqich bo‘ladi.