JIDU akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

JIDU akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDU akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    JIDU akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 11-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda JIDU rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Zokirova, JIDU va litsey professor-o‘qituvchilari hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

    Marosim davomida JIDU rahbariyati tomonidan a’lo darajali bitiruvchilarga oltin va kumush medallar hamda imtiyozli diplomlar, o‘quv yilida jonbozlik ko‘rsatgan o‘qituvchilarga tashakkurnomalar topshirildi.

    Akademik litsey ijrochi direktori O.Mannopova so‘zga chiqib, bitiruvchilarning so‘nggi ikki yillik o‘quv faoliyati haqida ma’lumot berdi hamda ularga keyingi faoliyatida omad tilab, eng namunali bitiruvchilar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirdi.

    Ta’kidlash joizki, bu yil akademik litseyni 287 nafar oʻquvchi tamomladi. Ulardan 8 nafari oltin, 5 nafari kumush medal, 47 nafari “aʼlo darajali” diplom bilan o‘qishni yakunladi. Bitiruvchilarning 195 nafari chet tillarni bilish darajasini belgilovchi sertifikatga, 60 nafarlari esa fan sertifikatlariga ega boʻldi. Germaniyaning Viadrina universiteti bilan qoʻshma dastur doirasida o‘qishni 67 nafar oʻquvchi tamomladi, ulardan 21 nafari Viadrina universitetiga grant asosida oʻqishga qabul qilindi. Finlyandiyaning Kareliya Amaliy fanlar universiteti va Xalqaro Nordik universiteti bilan qoʻshma dastur doirasida o‘qishni 31 nafar oʻquvchi tugatdi, ulardan 9 nafari imtiyozli ravishda Xalqaro Nordik universitetining "Xalqaro iqtisod, Biznes menejment" fakultetining 2-kursiga,  22 nafari imtihonsiz 1-kursiga qabul qilindi.