
JIDU huzuridagi Yuridik klinika tomonidan ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
JIDU huzuridagi Yuridik klinika tomonidan ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

2026-yil 12-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinika hamda “Qaldirg‘och” Street Law loyihasi ishtirokchilari tomonidan Toshkent shahridagi 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida xabardor qilish hamda huquqiy bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Tadbir interaktiv suhbat va savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Kelgusida ham Yuridik klinika va “Qaldirg‘och” Street Law loyihasi doirasida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va huquqiy ta’limga qaratilgan tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilgan.
| Sana: | 11.06.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 65 |
| Ulashish: |




