JIDU vakillari Suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

JIDU vakillari Suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

    JIDU vakillari Suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

    JIDU vakillari Suv diplomatiyasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

    Joriy yilning 4-iyun kuni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (“Green University”) «Suv diplomatiyasi bo‘yicha mintaqaviy muloqot: muammolar, yechimlar va hamkorlik» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) hamda Global ekologik fond (GEF) hamkorligida amalga oshirilayotgan “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlaydigan asos sifatida ko‘llar, suv-botqoq va qirg‘oqbo‘yi hududlarini saqlash hamda boshqarish” loyihasi (“Aral Wetlands”) doirasida tashkil etildi.

    Mazkur konferensiya “Aral Wetlands” loyihasi doirasida rejalashtirilgan mavzuli seminarlar turkumining birinchisi bo‘lib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda xalqaro tashkilotlardan 50 dan ortiq ishtirokchilarni jamladi. Tadbirda davlat idoralari, ilmiy doiralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

    Konferensiya doirasida beshta tematik sessiya tashkil etildi. Ikkinchi sessiya Orol dengizi havzasidagi suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan o‘qituvchilar dotsent Turaeva Suriya Telmanovna va dotsent Baxadirov Murat Maxmudovichlar ma’ruza qildilar.

    Konferensiyada Orolbo‘yi mintaqasining noyob ekotizimlariga alohida e’tibor qaratildi. Garchi Orol dengizi qurib borayotgan bo‘lsa-da, bu hudud hanuzgacha muhim suv-botqoq ekotizimlari va qushlarning migratsiya yo‘llarini saqlab qolmoqda.

    Konferensiya yakunida faqat davlat idoralari, NNTlar, ilmiy doiralar va mahalliy hamjamiyatlarning ochiq va inklyuziv muloqoti orqali samarali suv diplomatiyasi platformasini shakllantirish mumkinligi ta’kidlandi. Bunday yondashuv nafaqat mojarolarning oldini olish, balki suv xavfsizligi, ekologik barqarorlik va aholining farovonligini ta’minlashda ham muhim o‘rin tutadi.