
Oʻquvchi-qizlarning oliy taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan tashabbus Yangi Olmachi mahallasida amalga oshirildi
Oʻquvchi-qizlarning oliy taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirishga qaratilgan tashabbus Yangi Olmachi mahallasida amalga oshirildi

2025-yil 2-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida M.Ulugʻbek tumani Yangi Olmachi mahallasida navbatdagi targʻibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda yoshlar, ayniqsa oʻquvchi-qizlarning oliy taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni kasb tanlashda ongli qaror qabul qilishga yoʻnaltirish va hayotiy maqsadlariga erishishda ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur uchrashuvda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining vakillari, yoshlar ittifoqi faollari, profilaktika inspektori, mahalla faollari, shuningdek taʼlim muassasalari vakillari ham. ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻquvchi-yoshlarga oliy taʼlim muassasalariga kirish tartibi, tanlov asosida qabul jarayonlari, test sinovlariga samarali tayyorgarlik koʻrish, zamonaviy kasblar va mutaxassisliklar haqida batafsil maʼlumotlar berdilar. Qizlar bilan alohida suhbatlar oʻtkazilib, ularning qiziqishlari, orzu-maqsadlari tinglandi hamda ularga individual maslahatlar berildi.
Targʻibot-tashviqot tadbiri doirasida oliy taʼlimning ahamiyati, ayollar uchun taʼlim olishning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan foydalari haqida ham so‘z yuritildi. Oliy maʼlumotli ayollar jamiyatda faollik bilan ishtirok etishi, oilaviy va kasbiy hayotda muvaffaqiyatga erishishlari mumkinligi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, profilaktika inspektori tomonidan yoshlarga huquqiy bilimlar, jinoyatchilik va huquqbuzarlikdan uzoq yurish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan tushunchalar berildi.
Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — yosh avlod, xususan qizlarning oliy taʼlimga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularni oʻz hayotiy maqsadlariga erishishida ragʻbatlantirish va mustahkam bilim olishga undashdan iboratdir.
Sana: | 02.06.2025 |
Ko'rganlar soni: | 127 |
Ulashish: |