Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

    Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

    Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 22-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Biz diniy ekstremizm va terrorizmning har qanday ko‘rinishi bilan murosasiz kurashamiz” mavzusida tarbiyaviy-tadqiqot tadbiri o‘tkazildi. 

    Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Baxrom Irgashev hamda bo‘lim xodimi podpolkovnik Salim Tajiddinovlar ishtirok etib, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash sohasidagi amaliy tajribalari, xavf-xatarlar va ularga qarshi choralar haqida ma’ruza qildilar. 

    Tadbir davomida talabalar oliy ta’lim muassasalarida ekstremistik g‘oyalarga moyillik ko‘rsatayotgan yoki taqiqlangan materiallar tarqatayotgan shaxslar haqida dolzarb ma’lumotlar bilan tanishishdi. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan berilgan tushuntirishlar va savol-javoblar maruzasi orqali yoshlarni diniy ekstremizm va terrorizm xususida xabardor qilish, ularning xavfsizlik va tinchlik uchun global tahdidlardan himoya usullarini o‘rgatish tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi. 

    Tadbir natijasida talabalar bu masalalar bo‘yicha bilim va tushunchalarini oshirib, jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini egallash muhimligiga ishonch hosil qildilar.