JIDUda O‘zbekistonda SHHT Xalq Diplomatiyasi markazi bosh mutaxassisi ishtirokida master-klass bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekistonda SHHT Xalq Diplomatiyasi markazi hamkorligida “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari” kursi doirasida master-klass tashkil etildi. Tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 17-maqsad — tinchlik yo‘lidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlari, bu jarayonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining o‘rni va ahamiyati, shuningdek, O‘zbekistonda SHHT Xalq Diplomatiyasi markazining samarali faoliyatiga bag‘ishlandi.

    Xalq diplomatiyasi markazi bosh mutaxassisi Meyerbek Ergashbaev o‘z ma’ruzasida “Xalq diplomatiyasi” tushunchasi hamda uning SHHT faoliyatida namoyon bo‘lish xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Shuningdek, yosh istiqbolli mutaxassis sifatida u O‘zbekistonda SHHT Xalq Diplomatiyasi markazi tomonidan Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, tashabbuslar va loyihalar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, “Ekodialog”, “Xotira daraxti”, “SCO Book Club”, “Sirdaryo do‘stlik daryosi” kabi loyihalarning amaliy natijalari haqida mazmunli ma’lumotlar taqdim etildi.

    Uchrashuv yakunida talabalar “BRM–2030” strategiyasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Master-klass mazmunli, ochiq va konstruktiv ruhda o‘tdi hamda yangi g‘oya va takliflarga boy bo‘ldi.