Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “BDAIM-2025” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “BDAIM-2025” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “BDAIM-2025” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “BDAIM-2025” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 27-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda katta ma’lumotlar va sun’iy intellekt – BDAIM-2025» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Anjuman JIDU tomonidan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga huzuridagi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

    Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya va Xitoydan 60 dan ortiq olim, ekspert va amaliyotchi ishtirok etdi.

    Konferensiya iqtisodiyot, ta’lim, huquq va xalqaro munosabatlarni raqamli transformatsiyasining istiqbollari, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlarni tahlil qilishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ishtirokchilar global chaqiriqlar va noqulay dunyo kon’yunkturasi sharoitida intellektual tizimlarni qo‘llash imkoniyatlarini, barqaror rivojlanish strategiyalari va ilmiy-amaliy sohalarda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratgan holda ko‘rib chiqdilar.

    Anjumanning asosiy yo‘nalishlari raqamli davrning dolzarb muammolarini aks ettiruvchi keng mavzular spektrini qamrab oldi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar texnologiyalarini ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, xalqaro munosabatlar, ta’lim, huquq va energetika sohalarida nazariy va amaliy jihatdan qo‘llash masalalarini muhokama qildilar. Ayniqsa, sun’iy intellektning etik va huquqiy tartibga solinishi, global xatarlarning prognozi, ta’lim tizimiga intellektual tizimlarni joriy etish, shuningdek barqaror rivojlanishning matematik va ekonometrik tahlili bo‘yicha masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

    Konferensiya gibrid formatda — an’anaviy va onlayn ishtirok etish shaklida tashkil etildi, bu esa xalqaro miqyosda keng qamrovli ishtirok va ishtirokchilar o‘rtasida samarali muloqotni ta’minladi. Tadbir dasturiga yetakchi olimlar va amaliyotchilar ishtirokidagi yalpi majlis hamda to‘rtta parallel seksiyani o‘z ichiga olgan ilmiy sessiyalar kiritildi. Mazkur seksiyalarda 50 dan ortiq ilmiy ma’ruzalar tinglandi.

    BDAIM-2025 konferensiyasi mavzusi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida (BRM) belgilangan global ustuvor yo‘nalishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bir qator muhim sohalarning ilgari surilishiga xizmat qiladi. Jumladan, BRM 4 – Sifatli ta’lim doirasida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida ta’limga innovatsion yondashuvlar, individuallashtirish va keng ommaga ochiqlik masalalari muhokama qilindi. BRM 8 – Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish intellektual tizimlarni joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirish va yangi kasblarning paydo bo‘lishiga xizmat qilmoqda. BRM 9 – Sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma esa sanoat, energetika va logistika sohalarining raqamlashtirilishi haqidagi ma’ruzalarda o‘z ifodasini topdi. BRM 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar bilan bog‘liq masalalar sun’iy intellektning etik va huquqiy jihatlariga bag‘ishlangan seksiyada, jumladan, raqamli huquqlar va algoritmik qarorlarni tartibga solish doirasida ko‘tarildi. Nihoyat, BRM 17 – Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va raqamlashtirish hamda sun’iy intellekt sohasida ilmiy diplomatiyani rivojlantirish orqali amalga oshirildi.