JIDU TALABALARI VENADA BO‘LIB O‘TGAN 33-chi XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO‘YICHA TANLOVDA (VIS MOOT) ISHTIROK ETDI

JIDU TALABALARI VENADA BO‘LIB O‘TGAN 33-chi XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO‘YICHA TANLOVDA (VIS MOOT) ISHTIROK ETDI

    JIDU TALABALARI VENADA BO‘LIB O‘TGAN 33-chi XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO‘YICHA TANLOVDA (VIS MOOT) ISHTIROK ETDI

    JIDU TALABALARI VENADA BO‘LIB O‘TGAN 33-chi XALQARO TIJORAT ARBITRAJI BO‘YICHA TANLOVDA (VIS MOOT) ISHTIROK ETDI

    Joriy yilning 27 martidan 2 apreliga qadar Vena shahrida xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha xalqaro tanlov Willem C. Vis International Commercial Arbitration Moot (33rd Vis Moot) bo‘lib o‘tdi.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi tarkibiga “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari Normuhammatova Aziza, Pardaeva Noila, Shermetov Kamronbek va Rahmatullaeva Aziza kirib, fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professori Imamova Dilfuza Ismailovna rahbarligida ushbu nufuzli xalqaro tanlovda ishtirok etishdi.

    33rd Vis Moot raundlari davomida JIDU jamoasi ham da’vogar, ham javobgar sifatida turli davlatlar va universitetlar jamoalari bilan bellashdi. Chiqishlar xalqaro tijorat arbitraji sohasida ixtisoslashgan turli davlatlardan kelgan arbitrlar tomonidan baholandi. Bunda huquqiy pozitsiyani shakllantirish sifati, yuridik argumentatsiya darajasi hamda ingliz tilida muhokama olib borish ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. Raundlar yakuniga ko‘ra arbitrlar tomonidan talabalar uchun batafsil tavsiyalar berildi va ularning professional hamda kommunikativ jihatlari alohida ta’kidlandi.

    Mazkur xalqaro tanlov dunyoning yetakchi universitetlaridan 390 dan ortiq jamoalarni birlashtirib, akademik almashinuv, madaniyatlararo muloqot hamda xalqaro tijorat arbitraji sohasida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun noyob platformani yaratdi. Ushbu tanlovda ishtirok etish talabalarga xalqaro professional hamjamiyatga integratsiyalashish va ko‘p millatli huquqiy muhitda ishlash bo‘yicha qimmatli tajriba orttirish imkonini berdi.

    Shuningdek, talabalar boshqa jamoalarning chiqishlarini tinglash, turli huquqiy argumentatsiya modellarini tahlil qilish hamda arbitrlarning savollariga tomonlarning javoblarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa ularning tahliliy ko‘nikmalarini chuqurlashtirishga va arbitraj jarayonlarini yuritishga kompleks yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.

    JIDU jamoasining ushbu tadbirdagi ishtiroki BMTning 16-Barqaror rivojlanish maqsadi “Tinchlik, adolat va samarali institutlar”, xususan 16.3 bandi – huquq ustuvorligini ta’minlash va adolatga teng kirishni ta’minlash, shuningdek 17-Barqaror rivojlanish maqsadi “Barqaror rivojlanish uchun hamkorlik”, ayniqsa 17.6 bandi – fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ularga kirishni kengaytirishga bevosita hissa qo‘shadi.

    Olingan bilim va ko‘nikmalar huquq ustuvorligini mustahkamlashga hamda xalqaro huquqiy muhitda samarali faoliyat yurita oladigan professional yuridik hamjamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.