JIDUda “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

JIDUda “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” o‘tkazildi

    2025-yil 21-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun “Karyera kuni” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.

    Ushbu tadbir universitet bitiruvchilari va talabalari uchun o‘z kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish va mehnat bozoridagi dolzarb talablar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratdi.

    Tadbirda respublikaning nufuzli davlat tashkilotlari, xususiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va sug‘urta va telekommunikatsiya kompaniyalari kabi 50 dan ziyod tashkilotlar ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi, Markaziy osiyo xalqaro instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbеkistоn Rеspublikаsi favqulodda vaziyatlar vazirligi,  O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institute va boshqa yirik ish beruvchi tashkilotlar qatnashdi.

    Ular talabalar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot va stajirovka dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    “Karyera kuni” doirasida talabalar o‘z rezyumelarini mutaxassislarga taqdim etish, suhbatdan o‘tish bo‘yicha tajriba orttirish va ishga joylashish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

    Mazkur tadbir universitetning ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorligini mustahkamlash, yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash hamda ularning kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli kirib borishlariga ko‘maklashish maqsadida muhim ahamiyat kasb etdi.