JIDUda IIV Akademiyasi vakili ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi

JIDUda IIV Akademiyasi vakili ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi

    JIDUda IIV Akademiyasi vakili ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi

    JIDUda IIV Akademiyasi vakili ishtirokida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan ma’ruza o‘tkazildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talaba-yoshlarning huquqiy ongini yuksaltirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.

    Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchisi, podpolkovnik Pardayev Rahmiddin Nurullayevich ishtirok etib, talabalar uchun “Yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish” mavzusida keng qamrovli ma’ruza qildi. Podpolkovnik R. Pardayev o‘z chiqishida bugungi kunda Toshkent shahrida yoshlar ishtirokida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar tahliliga alohida to‘xtaldi. Jumladan, arzimagan nizolar oqibatida kelib chiqadigan tan jarohati yetkazish holatlari va ularning huquqiy oqibatlari hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi.

    Tadbir davomida quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi:

    - Qonun ustuvorligi. Jinoyat kodeksining bezorilik va qasddan badanga shikast yetkazishga oid moddalari hamda belgilangan jazo choralarining muqarrarligi eslatib o‘tildi.

    - “Tig‘” tadbiri doirasidagi tushuntirishlar. Jamoat joylarida sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni (pichoq, kastet, bita va boshqalar) olib yurish taqiqlari hamda bu boradagi ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalalari yoritildi.

    - Ma’naviy immunitetni shakllantirish. Yoshlar o‘rtasida “guruhbozlik” kabi salbiy holatlarga qarshi turish, har qanday vaziyatda vazminlik va teran fikrlash bilan ish tutish zarurligi ta’kidlandi.

    Uchrashuv davomida mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, sodir etilgan huquqbuzarliklarning nafaqat aybdorga, balki uning oila a’zolari va jamiyatga ham salbiy ta’siri aniq misollar orqali ko‘rsatib berildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga podpolkovnik R. Pardayevdan batafsil javoblar oldilar. Mazkur kabi uchrashuvlar talaba-yoshlarda qonunga hurmat, yuksak huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.