JIDU vakili Singapur Milliy universitetida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

JIDU vakili Singapur Milliy universitetida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU vakili Singapur Milliy universitetida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    JIDU vakili Singapur Milliy universitetida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

    Joriy yilning 21–22-may kunlari Singapur Milliy universitetida Osiyoda xalqaro huquqni o‘qitish va tadqiq etish masalalariga bag‘ishlangan nufuzli xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Universitetning Xalqaro huquq markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjumanda Osiyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchi huquqshunoslar hamda akademik doira vakillari ishtirok etdi.

    Konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar” kafedrasi professori Surayyo Usmanova ham qatnashdi. Tadbir doirasida xalqaro huquqning dolzarb masalalari, huquqiy ta’limni rivojlantirish istiqbollari, ilmiy tadqiqot metodologiyasini takomillashtirish hamda mintaqaviy akademik hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

    Konferensiyaning yalpi va mavzuli sessiyalarida xalqaro huquqni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy ilmiy-akademik aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Ta’kidlash joizki, Surayyo Usmanova ketma-ket ikkinchi yil Singapur Milliy universiteti tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro akademik tadbirlarda ishtirok etmoqda. Xususan, o‘tgan yili mazkur universitetda tashkil etilgan malaka oshirish dasturida qatnashgan bo‘lsa, joriy yilda xalqaro huquq sohasidagi nufuzli konferensiya ishtirokchisiga aylandi.

    Ma’lumot uchun, QS World University Rankings 2026 reytingiga ko‘ra, Singapur Milliy universiteti dunyoda 8-o‘rinni va Osiyoda 1-o‘rinni egallagan bo‘lib, ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

    Mazkur konferensiyadagi ishtirok xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professional aloqalarni kengaytirish hamda xalqaro huquq sohasidagi ilg‘or akademik tajribalarni o‘rganish uchun muhim imkoniyat yaratdi.