JIDU talabalari Turkmanistondagi xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar

JIDU talabalari Turkmanistondagi xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar

    JIDU talabalari Turkmanistondagi xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar

    JIDU talabalari Turkmanistondagi xalqaro tanlovda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar

    2025-yilning 12–14-may kunlari Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar institutida «Turkmaniston tashqi siyosati va diplomatiyasi: tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida hamkorlik» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda «Xalqaro munosabatlar: tinchlik muloqoti madaniyati» nomli II xalqaro tanlov bo‘lib o‘tdi.

    Mazkur nufuzli tadbirlarda AQSh, Belgiya, Eron, Germaniya, Qirg‘iziston, Xitoy, Qatar, O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Ruminiyaning akademik doiralari vakillari, talabalari hamda Turkmaniston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

    O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professori, xodimlari hamda iqtidorli talabalari ham faol ishtirok etdi. Universitet talabalari «Xalqaro munosabatlar: tinchlik muloqoti madaniyati» nomli II xalqaro tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor bo‘ldilar. Tanlov g‘oliblari Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar instituti rektori tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

    Shuningdek, JIDU vakillari xalqaro konferensiyada ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashib, O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan taraqqiyot strategiyasi va uning maqsadlari yuzasidan taqdimot o‘tkazdilar.

    Tashrif doirasida, Turkmaniston, Markaziy Osiyo, AQSh va Yevropa OTMlari vakillari bilan hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilinib, kelajakda aloqalarni yo‘lga qo‘yish va oliy ta’lim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashinildi. Tadbir doirasida erishilgan natijalar ikki tomonlama hamda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

    Shu bilan birga, JIDU vakillari Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi elchixonasiga tashrif buyurib, vakolatxona xodimlari bilan diplomatiya va diplomat kasbi, ikki davlat o‘rtasidagi kelajakdagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Elchixona vakillari o‘zining boy diplomatik tajribalari bilan bo‘lishib, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi. Ular talabalarni kelajakda xalqaro munosabatlar sohasida muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun ilhomlantirib, o‘zining yaxshi tilaklarini bildirdilar.

    Bu kabi xalqaro tadbirlar yoshlarda global fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning diplomatik salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.