JIDU jamoasi Gonkongdagi nufuzli arbitraj musobaqasida ishtirok etdi

JIDU jamoasi Gonkongdagi nufuzli arbitraj musobaqasida ishtirok etdi

    JIDU jamoasi Gonkongdagi nufuzli arbitraj musobaqasida ishtirok etdi

    JIDU jamoasi Gonkongdagi nufuzli arbitraj musobaqasida ishtirok etdi

     Joriy yilning 30-martidan 6-aprel sanasiga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro huquq fakulteti talabalari — Boxodir Dadaev, Kamronbek Shermetov, Kamola Usmonova va Shoxjaxon Xaydarkulov — xalqaro tovarlarning oldi-sotdisi va xalqaro tijorat arbitraji mavzusiga bag‘ishlangan 22-an’anaviy Willem C. Vis East International Commercial Arbitration Moot musobaqasida ishtirok etdilar.

     Gonkong shahrida o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada dunyoning yetakchi universitetlaridan 160 ga yaqin jamoa qatnashdi. Qizg‘in raqobat muhitida JIDU jamoasi xalqaro tijorat arbitraji bo‘yicha chuqur bilim, kuchli tahliliy salohiyat va yuksak notiqlik mahoratini namoyon etdi.

    Musobaqada universitetimiz jamoasining muvaffaqiyatli ishtirok etishida tajribali murabbiylar va professor-o‘qituvchilarning hissasi beqiyos bo‘ldi. Jumladan, Germaniyadan Tino Hannes Wasner, Toshkentdagi “LegalMax” yuridik firmasi yuristi Kamron Turabekov, shuningdek, JIDU Fuqarolik huquqi va xususiy xalqaro huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sherzodbek Masadikov va Dilfuza Imomova talabalarning tayyorgarlik jarayonida faol yordam ko‘rsatdilar va ularni musobaqaga tayyorladilar.

    Ma’lumot uchun: Willem C. Vis East xalqaro tijorat arbitraji musobaqasi har yili Gonkongda o‘tkaziladi va talabalar orasida xalqaro huquq hamda arbitraj bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Bugungi kunda ushbu musobaqa xalqaro xususiy huquq sohasidagi eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi.