JIDU “Ombudsman klubi” faoliyati doirasida “Oʻzbekiston Respublikasida bola huquqlari kafolatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

     2026-yil 10-aprel kuni JIDU Xalqaro huquq fakulteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchilari S. Ikramov va Sh. Xamdamova tashabbusi bilan “Ombudsman klubi” faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Raxmonova Surayyo Maxmudovna ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida bola huquqlarining kafolatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

    Mazkur tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, klub a’zolari hamda 1 va 2-bosqich talabalari faol qatnashdilar. Talabalar davra suhbati davomida Bolalar ombudsmani institutining faoliyati, vakolatlari hamda bola huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni bilan yaqindan tanishdilar.

     Surrayo Raxmonova o‘z ma’ruzalarida Bolalar ombudsmani ofisinig asosiy faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, erishilgan natijalari haqida talabalarga amaliy misollar bilan batafsil ma’lumot berdilar. Undan tashqari, hozirgi kunda bola huquqlari sohasida qanday muammo va bo‘shliqlar mavjudligi va ularni bartaraf etish choralariga  alohida e’tibor qaratdilar. Bu o‘z navbatida ishtirokchilarda chuqur qiziqish uyg‘otdi. Suhbat davomida klub a‘zolari va quyi bosqich talabalari Bolalar ombudsmaniga mavzu bo‘yicha turli xil savollar berib, munozarali masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

    Bunday tadbirlar talabalar yangi amaliy bilim va ko‘nikmalar orttirishiga, qolaversa, tafakkur va qarashlarini boyitishiga xizmat qiladi. Davra suhbati yakunida JIDU “Ombudsman klubi” va Bolalar ombudsmani ofisining hamkorlik istiqbollari va kelgusi rejalari aftroflicha muhokama qilindi.