Xalqaro huquq fakulteti talabalari — yutuqlar, tashabbuslar va xalqaro e’tirof namunasi

Xalqaro huquq fakulteti talabalari — yutuqlar, tashabbuslar va xalqaro e’tirof namunasi

    Xalqaro huquq fakulteti talabalari — yutuqlar, tashabbuslar va xalqaro e’tirof namunasi

    Xalqaro huquq fakulteti talabalari — yutuqlar, tashabbuslar va xalqaro e’tirof namunasi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti talabalari xalqaro, respublika va ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarda faol ishtirok etib, universitet nufuzini munosib tarzda namoyon etib kelmoqda.

    Jumladan, fakultetimiz talabalarining ilmiy va ijodiy salohiyati respublika miqyosida ham munosib e’tirof etilmoqda. Xususan, xalqaro huquq fakulteti 4-bosqich talabasi Panjiyev Asliddin Ravshan o‘g‘li “Korrupsiyaga qarshi kurashishda innovatsion yondashuvlar” mavzusidagi ijodiy tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq uning bilimga chanqoqligi, mustaqil fikrlashi va dolzarb muammolarga zamonaviy yondashuvini yaqqol namoyon etadi.

    Bundan tashqari, Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabalari “Food For Life” xayriya tashkiloti doirasidagi loyihalarda muntazam volontyor sifatida ishtirok etib kelmoqda. Talabalar maxsus shelterlarga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qiluvchi qariya va nogiron insonlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatmoqda. Mazkur faoliyat talabalarda insonparvarlik, mehr-shafqat, jamoaviy ishlash va ijtimoiy mas’uliyat kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

    Xalqaro huquq fakulteti talabalari tomonidan qo‘lga kiritilayotgan ilmiy, ijodiy va ijtimoiy yutuqlar ularning har tomonlama yetuk, faol va zamonaviy fikrlovchi mutaxassislar sifatida shakllanayotganini ko‘rsatadi. Ushbu natijalar  universitet nufuzini yuksaltirish bilan birga, yoshlarning jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qilmoqda.