XORIJIY DAVLATLARDA MEROS HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

XORIJIY DAVLATLARDA MEROS HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

    XORIJIY DAVLATLARDA MEROS HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

    XORIJIY DAVLATLARDA MEROS HUQUQI BO‘YICHA MASTER-KLASS

    Joriy yilning 2-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro tijorat arbitraji va nizolarni hal etish” yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrantlari uchun “Xorijiy davlatlar fuqarolik va savdo huquqi” fanidan “Xorijiy davlatlarda meros huquqi” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi. Master-klass “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi mudiri Masadikov Sherzodbek hamda mazkur kafedra professori Imamova Dilfuza tomonidan tashkil etildi.

    Master-klassni o‘tkazish uchun notariat va meros huquqi sohasida tajribali amaliyotchi hamda mutaxassis Azizova Nigina taklif etildi.

    Master-klass davomida Azizova Nigina turli xorijiy davlatlarda meros munosabatlarini huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos jihatlarini yoritib berdi. Jumladan, qonun bo‘yicha va vasiyat bo‘yicha meros masalalari, turli huquqiy tizimlarda vasiyatnomaning shakli va haqiqiyligi talablari, shuningdek merosni qabul qilish tartibi ko‘rib chiqildi. Alohida e’tibor meros ochish tartibi, meros huquqlarini rasmiylashtirish jarayonlari hamda ushbu jarayonlarda notariatning o‘rni va ahamiyatiga qaratildi. Shuningdek, Azizova Nigina vasiyat bo‘yicha merosni rasmiylashtirish amaliyoti yuzasidan o‘z tajribasi bilan bo’lishdi hamda ushbu sohada eng ko‘p uchraydigan nizolarni yoritib berdi.

    Magistrantlar mavzuga katta qiziqish bildirdilar, muhokamalarda faol ishtirok etdilar, meros huquqi normalarining amaliy qo‘llanilishiga oid savollar berdilar va ularga batafsil hamda asoslantirilgan javoblar oldilar.

    Mazkur master-klassning o‘tkazilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 16-Barqaror rivojlanish maqsadi «Tinchlik, adolat va samarali institutlar»ni amalga oshirishga bevosita hissa qo‘shadi, xususan 6.3-vazifa huquq ustuvorligini ta’minlash va adolatga teng kirishni kafolatlash.

    Mazkur master-klass akademik muloqotni rivojlantirish, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga muhim hissa bo‘ldi.